Borussiya braziliyalik himoyachini yozda tarkibiga qoʻshadi

Dortmundning «Borussiya» klubi rasmiy sayti orqali yozgi transferi haqida ma'lumot berdi. «Asalarilar» safi himoyachi Kauan Prates bilan toʻldiriladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Prates yozga qadar «Kruzeyro»da oʻynashda davom etadi, soʻng Dortmund jamoasiga qoʻshiladi. Bu hafta braziliyalik futbolchi tibbiy koʻrikdan oʻtdi va 2031 yilning oʻrtalarigacha moʻljallangan shartnomaga imzo chekdi.
Avgust oyida Kauan Prates 18 yoshga toʻladi. U chap qanot himoyasida ham, markaziy himoyachi sifatida ham harakat qila oladi.
Hozirda «Borussiya» Bundesligada ikkinchi oʻrinda bormoqda. Jamoa peshqadam «Bavariya»dan olti ochko ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing