date

Xulian Alvares 2026 yil yozida Barselonaga o‘tadi

Xulian Alvares 2026 yil yozida Barselonaga o‘tadi

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares 2026 yil yozida «Barselona» safiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

TyC Sports jurnalisti Xyugo Balasson xabariga ko‘ra, transfer 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin amalga oshishi mumkin. Bitim qiymati taxminan 70 mln yevroni tashkil etadi.

Manbaga ko‘ra, futbolchiga faqat kataloniyaliklar emas, boshqa klublar ham qiziqish bildirmoqda. Alvaresning o‘zi ham muhitni o‘zgartirib, sovrinlar uchun real kurasha oladigan jamoaga o‘tishni ko‘zlamoqda.

2025/26 yilgi mavsumda Alvares barcha klub turnirlarida 35 o‘yinda maydonga tushib, 13 gol urdi va 6 assist qayd etdi.

Hujumchining «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Uning bozor bahosi 100 mln yevro deb ko‘rsatilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xulian Alvares 2026 yil yozida Barselonaga o‘tadi