date

Anchelotti Braziliya terma jamoasi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Anchelotti Braziliya terma jamoasi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Braziliya futbol konfederatsiyasi bilan amaldagi kelishuvini katta ehtimol bilan uzaytirishini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Italiyalik mutaxassis hozirgi ish joyi unga juda ma'qul ekanini ta'kidladi.

«O'ylaymanki, Braziliya bilan shartnomani to'rt yilga uzaytiraman. Bu men uchun yangi ish, va u menga juda yoqmoqda», — deya Anchelottining so'zlarini Movistar keltirdi.

Anchelotti 2025 yil may oyida Madridning «Real» klubidan ketganidan so'ng Braziliya terma jamoasini qabul qilib olgandi. Uning qo'l ostida braziliyaliklar 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tdi.

Mundial guruh bosqichida Braziliya Shotlandiya, Gaiti va Marokashga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Anchelotti Braziliya terma jamoasi bilan shartnomani uzaytirmoqchi