
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu kecha Ispaniya chempionatida bosh bilan navbatdagi 46-to‘pini kiritdi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.
Portugaliyalik superhujumchi bu borada La Ligada barcha futbolchilarni ortda qoldirib rekord natijani qayd etdi. Hozirga qadar "Atletik" hujumchisi Aris Adurisga tegishli bo‘lib, uning hisobida shu kungacha bosh bilan kiritilgan 45ta gol mavjud edi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu kecha "Betis"ga qarshi uchrashuv (2:1)da Marseloning to‘p uzatishidan so‘ng Real"ning birinchi golini urgandi.
Bundan tashqari, ushbu uchrashuv xorvatiyalik Luka Modrichning "Real" tarkibida o‘tkazgan 200-o‘yinini bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar