Barselona akademiya futbolchilari shartnomalarini qayta ko‘rib chiqmoqchi

Yanvar oyida “Barselona” ko‘pchilik sezmagan bo‘lsa-da, yoqimsiz yo‘qotishga uchradi: klubning “Kanterа”dagi 17 yoshli iste’dodi Dio Fernandes jamoani tark etdi. Uni Parijning “PSJ” klubi 6 million yevroga sotib oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu summa yomon emas, biroq katalonlar futbolchiga katta umid bog‘lagan edi. Endi u kelajakda qaytadigan bo‘lsa ham, boshqa maqomda va ancha qimmat narxda qaytishi mumkin. Axir “Barselona” o‘yinchilarni keyin boshqa klubdan qayta sotib olish uchun tarbiyalamaydi.
Shu sabab klub rahbariyati bunday holatlar takrorlanmasligi uchun chora izlamoqda. Natijada yosh futbolchilar bilan shartnoma tuzish qoidalari keskin yangilanishi ehtimoli bor.
Sport nashri xabariga ko‘ra, “Kanterа” o‘yinchilari bo‘yicha tovon puli (vykuplov) 6 milliondan 8 million yevrogacha oshiriladi. “Barselona B” futbolchilari uchun esa eng kam ko‘rsatkich 10 million yevro bo‘ladi, futbolchi asosiy jamoada bir necha uchrashuv o‘tkazsa, bu summa 25 million yevrogacha ko‘tarilishi ham mumkin.
Shu nuqtai nazardan “Barselona” asosiy jamoa o‘yinlarida yoshlar — Tommi Markes va Xuan Ernandesga imkon berishga shoshildi. Maydondagi bir necha daqiqa ham ularni “atigi” 6 millionga olib ketish imkonini deyarli yo‘qqa chiqaradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!