Dani Olmo Flikning talabchanligi haqida gapirdi

“Barselona” yarim himoyachisi Dani Olmo jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning ish uslubi va xarakteri haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Olmoning aytishicha, Flik vaziyatga qarab turlicha munosabat bildiradi: ba’zan ovozini ko‘taradi, ba’zan esa futbolchilarni tinchlantirib, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi. “U bilan ingliz tilida gaplashaman, lekin jahli chiqqanida nemischasidan ham hammasini tushunib ketaman. Flik juda e’tiborli, aniq tasavvurga ega va nimani xohlashini yaxshi biladi”, — deya Olmoning so‘zlarini keltiradi Barcha Universal.
Flik “Barselona”ni 2024 yil yozida qabul qilib olgandi. Uning qo‘l ostida kataloniyaliklar Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi, shuningdek, Kubok va mamlakat Superkubogini ham qo‘shib oldi.
Hozirda “Barselona” La Ligada 24 o‘yindan so‘ng 58 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!