Olmo Barselona uslubini o'zgartirmasligini aytdi

“Barselona” yarim himoyachisi Dani Olmo jamoaning tavakkalga asoslangan o'yin uslubi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Olmo ta'kidlashicha, kataloniyaliklar o'z falsafasidan voz kechmoqchi emas: ular aynan shu yo'l bilan to'rtta sovrinni qo'lga kiritgan. Shu bilan birga, futbolchi ayrim vaziyatlarda jamoaga xotirjamlik yetishmay qolayotganini, raqiblar esa buni tez-tez o'z foydasiga ishlatib ketishini qayd etdi. Uning so'zlarini Barca Universal keltirdi.
Eslatib o'tamiz, “Barselona” avvalroq “Jirona”ga qarshi derbida 1:2 hisobida mag'lub bo'lib, La Liga jadvalidagi peshqadamlikni boy berdi. 26 turdan so'ng “ko'k-anorranglilar” ikkinchi o'rinda bormoqda va “Real”dan ikki ochko ortda qolgan.
Keyingi turda “Barselona” 22-fevral kuni o'z maydonida “Levante”ni qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!