Dani Olmo Barselona finalga juda yaqin bo'lganini aytdi

"Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmo Chempionlar ligasidagi kurash va jamoaning asosiy maqsadlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Olmoning ta'kidlashicha, o'tgan mavsum kataloniyaliklar finalga chiqishga juda yaqin kelgan, biroq hal qiluvchi bosqich qo'ldan chiqib ketgan. Futbolchi bu holat jamoani yanada kuchliroq ruhlantirayotganini va ular kubokni qo'lga kiritish uchun oxirigacha kurashmoqchi ekanini aytdi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan Chempionlar ligasida "Barselona" yarim finalgacha yetib borgan va unda Milan "Inter"iga qarshi bahsda mag'lub bo'lgan (3:3, 3:4).
Joriy mavsumda Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa umumiy bosqichni beshinchi o'rinda yakunlab, to'g'ridan-to'g'ri 1/8 final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. "Barselona" sakkiz turda 16 ochko jamg'ardi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!