Dani Olmo Barselonada omad yetishmayotganini tan oldi

“Barselona” yarim himoyachisi Dani Olmo Ispaniya La Ligasidagi chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi. Kataloniyaliklar avvalroq “Jirona”ga kutilmaganda 1:2 hisobida yutqazib, turnir jadvalidagi peshqadamlikni boy bergandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Olmoning aytishicha, jamoa o‘z vazifasini to‘g‘ri bajarsa, mavsumning qolgan qismi faqat o‘z qo‘lida bo‘ladi. “Futbolda hamma xato qiladi. Hozir omad biz tomonda emas, lekin bu bahona bo‘la olmaydi”, — dedi u.
24-turdan keyin “Barselona” 58 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Yetakchi “Real”dan ortda qolish — ikki ochko.
Keyingi turda kataloniyaliklar “Levante”ni qabul qiladi. Uchrashuv 22-fevral kuni soat 20:15 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing