Endrik Braziliya terma jamoasiga qaytish imkonini oshirdi

Hujumchi Endrik qishki transferlar oynasida "Real"dan ijara asosida "Lion"ga kelganidan so'ng, Fransiyada o'zini darhol ko'rsatishga kirishdi. Bir nechta ishonchli o'yinlardan keyin uning Braziliya terma jamoasiga yana chaqirilish ehtimoli sezilarli oshgani ta'kidlanmoqda, deb yozadi The Athletic. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mart oyidagi yig'inda Braziliya terma jamoasi Fransiya va Xorvatiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi. Shu fonда Endrikning milliy jamoaga chaqiruv olish imkoniyati yanada yuqorilagani aytilmoqda.
Qayd etilishicha, Endrik so'nggi bir yil davomida terma jamoaga chaqirilmagan. U Braziliya safidagi oxirgi o'yinini 2025 yil 26 mart kuni o'tkazgan, shundan keyin esa salomatlik bilan bog'liq muammolar yoki o'yin amaliyotining yetishmasligi sababli ro'yxatlardan chetda qolib kelgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!