Arsen Zaharyan La Liga o'yini uchun qaydnomada

“Real Sosedad” yarimhimoyachisi Arsen Zaharyan Ispaniya La Ligasining 25-turi doirasida “Ovedyo”ga qarshi bahsda maydonga tushish imkoniga ega. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Rossiyalik futbolchi 21-fevral kuni bo'lib o'tadigan uchrashuv uchun jamoa qaydnomasidan joy oldi. O'yin 18:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
22 yoshli Zaharyan 2023 yildan buyon San-Sebastyan klubida to'p surmoqda. U “Sosedad” safida jami 60 o'yinda qatnashib, 3 ta gol urdi va 3 ta assist qayd etdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan.
“Real Sosedad” joriy La Liga mavsumida 31 ochko to'plab, turnir jadvalida sakkizinchi o'rinni egallab turibdi.





























Izohlar 0
…