date

Anri Barselonadagi asosiy muammoni aytdi va uch nomni sanadi

Anri Barselonadagi asosiy muammoni aytdi va uch nomni sanadi

“Barselona”ning sobiq futbolchisi Tyerri Anri kataloniyaliklar o‘yinida eng katta kamchilik nimada ekanini ta’kidladi. Fransuz mutaxassis fikricha, jamoaga vaziyatlardan unumli foydalanishni keskin oshiradigan yuqori darajadagi markaziy hujumchi yetishmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Anrining aytishicha, “Barselona”ga haqiqiy “to‘qqizlik” — o‘zini isbotlagan, barqaror gol uradigan forvard kerak. U misol sifatida Viktor Osimhen, Erling Holann yoki Garri Keyn kabi hujumchilarni tilga oldi. “Sport” nashri keltirgan iqtibosda Anri “umidli” ijrochilardan ko‘ra, tayyor gol mashinalari zarurligini urg‘ulagan.

Fransuz afsonasi Lamine Yamal kabi iqtidorli futbolchi bor paytda uning uzatmalaridan gol urish osonroq bo‘lishi kerakligini ham qo‘shimcha qildi. Anrining fikricha, yuqori darajada ba’zan bitta imkoniyatning o‘zi yetarli bo‘ladi, biroq “Barselona” ayrim o‘yinlarda juda ko‘p vaziyatni boy bermoqda va bu klub darajasiga to‘g‘ri kelmaydi.

Hozirda “Barselona” La Liga jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam “Real”dan ikki ochko ortda qolgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Anri Barselonadagi asosiy muammoni aytdi va uch nomni sanadi