Flik Barselonadagi muammo himoya chizig'ida emasligini aytdi

«Barselona» so'nggi o'yinlardagi pasayishning asosiy omilini ichki tahlil qilib chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kataloniyaliklar Ispaniya Kubogi yarim finalining birinchi uchrashuvida Madridda «Atletiko»dan yirik hisobda mag'lub bo'ldi — 0:4. Oradan ko'p o'tmay jamoa derbida «Jirona»ga ham imkoniyatni boy berdi — 1:2. Diario Sport xabariga ko'ra, bosh murabbiy Xans-Diter Flik va futbolchilar bir fikrda: muvaffaqiyatsizlik sababi yuqori himoya chizig'i emas. Asosiy muammo — pressing paytida diqqat va intensivlik yetishmasligi. Shu kamchiliklar yuqori chiziq bilan o'ynaganda keskin jazolanmoqda va natijada odatda «Barselona»ga xos tizim so'nggi paytlarda juda zaif ko'rinmoqda.
Yakshanba kuni «Barselona» La Ligada o'z maydonida «Levante»ni qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!