date

Ustidagilar Mbappe maydonda haqoratga o'tishini aytdi

Ustidagilar Mbappe maydonda haqoratga o'tishini aytdi

Avval «Mets» safida to‘p surgan darvozabon Aleksandr Ukidja «Real»ning markaziy hujumchisi Kilian Mbappening fe’l-atvori haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ukidja bloger Flodas bilan suhbatda «PSJ»ning sobiq yetakchisi bilan bog‘liq bir nechta yoqimsiz holatlarni eslab o‘tdi.

«Unga qarshi jiddiy kurash bo‘layotganini sezsa, o‘yini yurishmasa yoki «PSJ» yutqazayotgan bo‘lsa, raqiblarning onalarini haqorat qila boshlaydi, senga ham og‘ir gaplar aytadi», — dedi Ukidja.

Joriy mavsumda fransuz futbolchisi «Real» tarkibida barcha musobaqalarda 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va 6 ta golli pas berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ustidagilar Mbappe maydonda haqoratga o'tishini aytdi