Luis Enrike Mets ustidan g'alaba bosimni oshiradi deydi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Fransiya chempionati doirasida «Mets»ga qarshi bo'ladigan uchrashuv oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, parijliklar o'yin ritmini nazorat qilishga intiladi, chunki bu bahs juda muhim. Enrikening ta'kidlashicha, «Lans»ga bosimni kuchaytirish uchun PSJga albatta uch ochko kerak, biroq turnir jadvalining quyi qismidagi jamoalarga qarshi oson o'yin bo'lmasligini ham eslatdi. Shuning uchun jamoa g'alaba uchun puxta tayyorgarlik ko'rishi zarur.
PSJ — «Mets» uchrashuvi bugun, 21 fevral kuni bo'lib o'tadi. Liga 1ning 23-tur bahsi 01:05 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. LiveResult ushbu o'yinni matnli onlayn tarzda yoritib boradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing