Flik tanazzulda emasligini aytib, muxlislarni ruhlantirdi

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ketma-ket ikki mag'lubiyatdan keyin bo'lib o'tgan matbuot anjumanida o'z holati haqidagi savolga keskin va ishonch bilan javob berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis o'zini tushkun ko'rmayotganini ta'kidlab, jamoa ikki kunlik tanaffus davomida vaziyatni tahlil qilgani, tarkib darajasi va o'sishni baholaganini aytdi. Flikka ko'ra, endi uy uchrashuvlari boshlanadi va muxlislarning qo'llab-quvvatlashi fonida futbolchilar maydonda borini berishi kerak.
"Ba'zan bir-ikki gol urishning o'zi ishonchni qaytarib beradi", dedi Flik jurnalistlarga.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" so'nggi ikki o'yinda "Atletiko"dan 0:4 hisobida, "Jirona"dan esa 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan. Endi kataloniyaliklar navbatdagi bahsda "Levante"ni qabul qilishga tayyorlanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!