Bavariya Alfonso Devis jarohati tafsilotlarini maʼlum qildi

Myunxenning «Bavariya» klubi matbuot xizmati himoyachi Alfonso Devis olgan jarohat bo‘yicha rasmiy izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kanadalik futbolchi Germaniya Bundesligasining 23-turida «Ayntraxt»ga qarshi o‘yinda shikastlandi. «Bavariya» 3:2 hisobida g‘alaba qozongan bahsda Devis ikkinchi bo‘lim boshida o‘yinni davom ettira olmadi va zaxiraga olindi.
Klub bayonotiga ko‘ra, tibbiy tekshiruvlar Devisning o‘ng oyog‘idagi son orqa mushaklarida mushak tolasi uzilishi borligini tasdiqladi. Himoyachi bir muddat maydondan tashqarida qoladi.
Joriy mavsumda Devis «Bavariya» safida barcha musobaqalarda 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing