date

Monako 0:2 dan qaytib Lensni yengib PSJga yordam berdi

Monako 0:2 dan qaytib Lensni yengib PSJga yordam berdi

Liga 1ning 23-turida «Lens» o‘z maydonida «Monako»ni qabul qildi va uchrashuv davomida 2:0 hisobida oldinga chiqib olgach, go‘yoki «PSJ»dan ochkolar bo‘yicha uzoqlashaman, degan kayfiyatda edi. Biroq mehmonlar o‘yinning ikkinchi bo‘limida mutlaqo boshqa ritmni yoqib, hisobni ag‘darib tashladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvning 3-daqiqasida Floryan Toven uzatmasidan keyin Odsonn Eduar jarima maydonchasi ichidan aniq zarba berib, «Lens»ni oldinga olib chiqdi — 1:0. Mezbonlar yana bir necha vaziyatlar yaratdi: Mamadu Kulibali pasidan so‘ng Folarin Balogunning 12 metr masofadan yo‘llagan zarbasini darvozabon qaytardi, keyin esa Balogun bosh bilan yo‘llagan zarbasida biroz aniqlik yetishmadi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Matyo Yudol uzoqdan darvozaning uzoq burchagini nishonga oldi, posbon qaytargan to‘pni esa Toven muvaffaqiyatli yakunlab, hisobni 2:0 ga yetkazdi. Oradan 6 daqiqa o‘tib, Kulibali raqib maydonida to‘pni ilib ketdi va Balogunni hujumga chiqardi — Folarin o‘ngroqqa siljib, yaqin burchakka aniq zarba yo‘lladi: 2:1.

Ko‘p o‘tmay, «Monako» standartdan unumli foydalandi: Kayoning chap qanotdan oshirgan to‘piga Denis Zakariya bosh bilan zarba berdi, to‘p to‘singa tegib darvozaga kirdi — 2:2. Yana ikki daqiqa o‘tib, Balogun markazda to‘pni Ansu Fatiga tushirib berdi, hujumchi darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib, to‘pni ustidan oshirib o‘tkazdi — 2:3.

Mag‘lubiyatga qaramay, «Lens» turnir jadvalida hozircha birinchi o‘rinda qolmoqda, biroq yetakchilikni bugunoq boy berib qo‘yishi mumkin. «Monako» esa beshinchi pog‘onani bo‘lishib turibdi. Aleksandr Golovin qizil kartochka sababli diskvalifikatsiya qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Monako 0:2 dan qaytib Lensni yengib PSJga yordam berdi