GarrI Keyn Barselona bilan mish-mishlarga munosabat bildirdi

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Garri Keyn «Barselona»ga ehtimoliy transferi haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Avvalroq kataloniyaliklar prezidenti Havier Vilahoana ingliz futbolchisi atrofida muzokarolar bo‘layotgani haqida ma’lumot bergandi.
Keyn esa Sky Sport’ga bergan intervyusida bu borada hech qanday xabari yo‘qligini aytdi: «Buni men eshitmaganman. Bu ishlar bilan otam va akam shug‘ullanadi, lekin ular ham menga bu haqda hech narsa demagan. Men faqat shuni takrorlayman: «Bavariya»da o‘zimni baxtli his qilyapman, bor e’tiborim hozirgi klubimda. Biroq bu gaplarni kompliment sifatida qabul qilaman», — dedi u.
32 yoshli forvardning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Mish-mishlarga ko‘ra, «Barselona» Keynni Robert Levandovskining o‘rnini bosuvchi nomzod sifatida ko‘rmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!