Genich Villarreal va Valensiya uchrashuviga o'z taxminini bildirdi

Ispaniya La Ligasida Villarreal o'z maydonida Valensiyani qabul qiladi. Bo'lajak bahs oldidan taniqli sharhlovchi Konstantin Genich o'z prognozini e'lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Genichning fikricha, Valensiya himoyada qanday o'ynashni tobora yaxshiroq tushunib bormoqda. U Realga qarshi o'yinning birinchi bo'limida jamoa ancha tartibli himoyalanganini eslatib, bu safar ham shunga yaqin ehtiyotkor uslub tanlanishini kutmoqda. Sharhlovchining prognozi: “ikkinchi bo'lim birinchisidan sermahsulroq bo'ladi”.
Villarreal — Valensiya uchrashuvi bugun, 22 fevral kuni bo'lib o'tadi. Start hushtagi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi. O'yin voqealarini matnli onlayn translyatsiya orqali kuzatish mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing