Kompani Bavariya Ayntraxtga bitta golni sovg'a qildi

Myunxenning «Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Vensan Kompani Bundesliganing 23-turi doirasida frankfurtlik «Ayntraxt» ustidan uyda qo'lga kiritilgan 3:2 hisobidagi g'alabadan so'ng o'yin haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Belgiyalik mutaxassisning ta'kidlashicha, jamoa uchrashuvning ayrim bo'laklarida haddan tashqari xotirjam harakat qilgan va ko'plab vaziyatlardan foydalana olmagan. Kompani uchinchi golgacha «Bavariya» maydonda ustunlik qilganini, raqibning ikkinchi golini esa o'zlari xatolar evaziga “sovg'a” qilganini aytdi. O'yin yakunida mehmonlar bosimni kuchaytirgan bo'lsa-da, g'alaba saqlab qolingani va uch ochko olingani muhimligini qayd etdi.
23 turdan keyin «Bavariya» Bundesligada turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi va ikkinchi o'rindagi «Borussiya»dan sakkiz ochkoga oldinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!