Kerer Monako PSJga qarshi bor kuchini ishga soladi

Kerer Monako PSJga qarshi bor kuchini ishga soladi

"Monako" himoyachisi Tilo Kerer Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichida "PSJ"ga qarshi javob uchrashuvi oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbolchining aytishicha, monakoliklar Fransiyaning eng kuchli jamoasiga qarshi imkoniyatlarining eng yuqori darajasida o'ynashi, hatto o'zidan ham oshib tushishi va oxirigacha kurashishi kerak.

Kerer "Lans"ga qarshi bahsni misol qilib keltirdi: tanaffusdan keyin jamoa ancha yaxshi harakat qilgan, o'yin oqimini o'zgartirib, uch ochkoni qo'lga kiritgan.

"PSJ" – "Monako" o'rtasidagi javob uchrashuvi 25 fevral kuni Parijda bo'lib o'tadi. Dastlabki o'yinda "Monako" 2:3 hisobida mag'lub bo'lgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar