date

Kompani Keyn roli haqida ochiq gapirdi va hazillashdi

Kompani Keyn roli haqida ochiq gapirdi va hazillashdi

Myunxenning «Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Vensan Kompani hujumchi Garri Keynning maydondagi vazifalari va o'yin uslubidagi o'zgarishlar haqida fikr bildirdi. Angliyalik futbolchi so'nggi paytlarda yarim himoyaga tez-tez tushib, sheriklariga pas tarqatishda ham ko'proq ko'rinmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kompani bu yondashuv futbolchining kuchli jihatlarini hisobga olgan holda tanlanganini aytdi: «Men doim futbolchilarimning sifatlarini inobatga olaman. Garri juda aqlli. Himoyada ham o'z roli bor, ammo to'p bizda bo'lsa, buning yarmi murabbiyning ishi, yarmi esa futbolchiga ishonch — u to'g'ri qaror qabul qilishiga», — dedi u Sky nashriga.

Mutaxassis o'zi himoyachi bo'lgan paytlarini ham esladi: «Men ko'p marta Garriga qarshi o'ynaganman. O'shanda uning bu fazilatlarini sezmaganman, chunki u doim eng old chiziqda turardi. Rostini aytsam, u paytda unga qarshi himoyalanish ancha osonroq edi. Faqat buni Garriga aytmang!» — deya hazillashdi Kompani.

Shanba kuni «Bavariya» «Ayntraxt»ni 3:2 hisobida mag'lub etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kompani Keyn roli haqida ochiq gapirdi va hazillashdi