date

Barselona Pedri va Reshford bo'yicha bayonot berdi

Barselona Pedri va Reshford bo'yicha bayonot berdi

“Barselona” yakshanba kuni La Liga jadvalida yana yetakchilikni qaytarib olishni ko'zlamoqda. Buning uchun Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa o'z maydonida “Levante”ni mag'lub etishi kerak. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kataloniyaliklar uchrashuv uchun asosiy tarkibni e’lon qildi. Diqqatga molik jihati shundaki, yarim himoyachi Pedri va hujumchi Markus Reshford zaxira o'yinchilar ro'yxatidan joy oldi.

Klub ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida Pedri va Reshford to'liq sog'aygani hamda o'ynashga tayyor ekani ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, Pedri jarohati sabab qariyb bir oy maydonga tushmadi, Markus Reshford esa oldingi bir nechta uchrashuvni o'tkazib yuborgandi.

“Barselona” – “Levante” uchrashuvini matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin bo'ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona Pedri va Reshford bo'yicha bayonot berdi