date

Sevilya Getafeni bir kishi kam bo'lsa ham taslim etdi

Sevilya Getafeni bir kishi kam bo'lsa ham taslim etdi

La Liganing 25-turida "Getafe" o'z maydonida "Sevilya"ni qabul qildi. Uchrashuv temp jihatidan og'ir kechdi, xavfli vaziyatlar ko'p bo'lmadi, ammo mehmonlar o'zlaridagi kam imkoniyatdan unumli foydalandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O'yinning 26-daqiqasida "Getafe" futbolchisi Dyenе Dakonam qizil kartochka olib, jamoasini bir kishi kam qoldirdi. Son jihatidagi ustunlik "Sevilya"ga o'yinni nazorat qilish va bosimni kuchaytirish imkonini berdi.

Hal qiluvchi epizod 64-daqiqada yuz berdi: Jibril Sou uzatmasidan so'ng Akor Adams aniq zarba bilan hisobni ochdi — 0:1. Shu gol bahs taqdirini hal qildi.

Bu natijadan keyin har ikki jamoada 29 ochkodan bo'lib, ular turnir jadvalida 12-o'rinni bo'lib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Sevilya Getafeni bir kishi kam bo'lsa ham taslim etdi