Flik Mark Bernalni kelajak futbolchisi deb atadi

Ispaniya chempionatining 25-turi doirasida “Barselona” “Levante”ga qarshi uchrashuvda juda erta hisobda oldinga chiqdi. Bellashuvning 4-daqiqasidayoq Mark Bernal gol urib, kataloniyaliklarga ustunlik olib berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O‘yindan keyin jamoa bosh murabbiyi Hans Flik Bernalning harakatlarini alohida ta’kidladi. Klub rasmiy sayti keltirgan iqtibosda mutaxassis uni “kelajak futbolchisi” deb atab, o‘yinchidan katta umid qilayotganini va uni yorqin kelajak kutayotganini bildirdi.
Keyingi turda “Barselona” o‘z maydonida “Vilyarreal”ni qabul qiladi. Uchrashuv 28-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, bugungi g‘alaba evaziga kataloniyaliklar turnir jadvalida yana peshqadamlikni qaytarib oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing