date

Mourinyu Vinisius mojarosidan keyingi tanqidlarga javob berdi

Mourinyu Vinisius mojarosidan keyingi tanqidlarga javob berdi

Chempionlar ligasida «Real»ga qarshi bahs atrofidagi shov-shuvdan so'ng «Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyu keskin tanqidlar ostida qoldi. U klubni irqchilikda ayblash noto'g'riligini ta'kidlab, «Benfika»ni rasist jamoa emasligini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bahs markazida Vinisius Juniordan keyingi voqea ham bo'ldi: braziliyalik futbolchi maydonda Jangluka Prestianini irqchilikda ayblagan. UEFA esa holat yuzasidan rasmiy tekshiruv boshlagan.

Mourinyu, shuningdek, Vinisiusning gol urgandan keyingi provokatsion nishonlanishini ham tanqid qilgani ortidan yanada ko'proq e'tirozlarga uchradi. Uni tanqid qilganlar orasida «Bavariya» ustozi Vensan Kompani ham bor.

O Jogo nashri keltirgan iqtibosda Mourinyu vaziyatga ortiqcha izoh bermasligini bildirib, «Buni kommentariyasiz qoldiraman. Takrorlayman, bu hammamiz uchun murakkab bo'ldi — qaysi darajada qiyin bo'lganini aniqlashtirmayman, ammo barchaga oson bo'lmagani aniq», dedi.

«Real» va «Benfika» o'rtasidagi javob uchrashuvi 25 fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mourinyu Vinisius mojarosidan keyingi tanqidlarga javob berdi