date

Garri Keyn yaqin orada Barselonaga ko'chib o'tmaydi

Garri Keyn yaqin orada Barselonaga ko'chib o'tmaydi

«Bavariya» hujumchisi Garri Keyn yaqin kelajakda «Barselona» safida ko'rinmaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avvalroq kataloniyaliklar prezidenti lavozimiga nomzod Xavyer Vilaxoana ingliz yulduzini jamoaga olib kelish niyati borligini aytgandi. Biroq Sky Sport xabariga ko'ra, Keynni kelasi yozda taklif qilish rejalashtirilmayapti va bu transfer amalda ham juda qiyin. «Bavariya» esa forvard bilan shartnomani 2028 yoki 2029 yilgacha uzaytirishni istamoqda.

Joriy mavsumda 32 yoshli hujumchi Vensan Kompani boshqaruvidagi jamoa safida barcha turnirlarda 36 uchrashuvda 43 ta gol urdi. Transfermarkt bahosiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 65 mln yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garri Keyn yaqin orada Barselonaga ko'chib o'tmaydi