Anchelotti murabbiylikda hammasi ishonchga bog‘liq dedi

Yulduzli mutaxassis Karlo Anchelotti murabbiylik kasbining eng muhim jihati haqida fikr bildirdi. Italiyalik trenerning aytishicha, futbolda natijadan ham ko‘ra ko‘proq o‘zaro ishonch hal qiluvchi omil bo‘lib qoladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Murabbiyning shartnomasi ishonch bor ekan, amalda davom etadi. Meni deyarli hamma joyda ishdan bo‘shatishgan. O‘n klubda ishlaganman va ularning yettitasida ketishga majbur bo‘lganman», — deya Anchelottining so‘zlarini Cadena SER keltirdi.
Ma’lumki, o‘tgan yozdan beri Anchelotti Braziliya milliy terma jamoasini boshqarib kelmoqda. 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichida «selesao» Shotlandiya, Gaiti va Marokko bilan to‘qnash keladi.
Braziliya mundialda 2002 yildan beri qo‘lga kiritilmagan chempionlikni qaytarib olishni asosiy maqsad qilib qo‘ymoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!