Opta superkompyuteri Barselona va Real imkoniyatlarini baholadi

La Ligada navbatdagi tur Madridning "Real" jamoasi ochko yo‘qotganidan so‘ng "Barselona" vaziyatdan unumli foydalanib, turnir jadvalida yana peshqadamlikni qo‘lga oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yakshanba kuni kataloniyaliklar o‘z maydonida "Levante"ni 3:0 hisobida yengdi. Bir kun avval esa "Real" "Osasuna"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Xans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa chempionatda "Real"dan bir ochko oldinda bormoqda. Opta superkompyuteri hisob-kitobiga ko‘ra, ayni damda "Barselona"ning chempionlik ehtimoli 59,46 foiz, madridliklarning imkoniyati esa 40,35 foiz deb baholangan. 25-turdan keyin qolgan jamoalar, jumladan "Atletiko" ham, sovrin uchun kurashda deyarli umidsiz holatda qolgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing