Flik Kanseluni maqtab, uni jamoaga katta yordam beradi dedi

“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik La Ligadagi “Levante”ga qarshi yakshanba kungi 3:0 hisobidagi uchrashuvdan so‘ng himoyachi Joau Kanseluning o‘yinini yuqori baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugal futbolchisi “ko‘k-anorranglilar” safida asosiy tarkibda maydonga tushib, o‘yin oxirigacha harakat qildi. 32-daqiqada 31 yoshli himoyachi Frenki de Yongga golli uzatma berib, kataloniyaliklarning bahsdagi ikkinchi goliga hissa qo‘shdi.
“Kanselu juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. U fantastik futbolchi va kelgusida bizga katta yordam beradi”, — dedi Flik o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Joau Kanseluni qishki transfer oynasida Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubidan ijara asosida safiga qo‘shib olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!