date

Barselona xavbeki Bernal Buskets bilan qiyosga munosabat bildirdi

Barselona xavbeki Bernal Buskets bilan qiyosga munosabat bildirdi

«Barselona» yarim himoyachisi Mark Bernal o‘zini sobiq jamoa yetakchisi Serxio Buskets bilan taqqoslashlari haqidagi fikrlarini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

18 yoshli futbolchi yakshanba kuni «Levante»ga qarshi o‘yinda kataloniyaliklarning 3:0 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi: u uchrashuvning 4-daqiqasidayoq hisobni ochdi. 66-daqiqada bosh murabbiy Hans-Diter Flik Bernalni jarohatdan qaytgan Pedriga almashtirdi.

«Buskets bilan qiyoslashlari men uchun katta sharaf, ammo men endi-endi faoliyatimni boshlayapman. “Kamp Nou”da urilgan har bir gol alohida tuyg‘u beradi — bu juda ajoyib lahza edi. “Barselona” — dunyodagi eng yaxshi klub. Asosiy tarkibdagi o‘rin uchun har birimiz bor kuchimizni berishimiz kerak. Bugun juda yaxshi o‘ynadik, g‘alaba qozondik va gol ham o‘tkazmadik — bundan xursandmiz», — deya Bernalning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

Yosh ispaniyalik futbolchi «Barselona» safida 23 o‘yinda 2 ta gol urib, 1 ta assist qayd etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona xavbeki Bernal Buskets bilan qiyosga munosabat bildirdi