Laporta Messi ketishiga nima sabab bo'lganini aytdi

Lionel Messi 2021 yil yozida "Barselona"ni tark etgandi. Klub moliyaviy muammolar fonida argentinalik yulduzga yangi shartnoma taklif qila olmagan. Mavzuga sobiq prezident Joan Laporta izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Laportaning so'zlariga ko'ra, klub Messining kontraktini ro'yxatdan o'tkazish uchun CVC bilan kelishuvga borishni istamagan. "Biz buni klub uchun zararli deb hisobladik. 'Barselona' har qanday futbolchi, rahbar yoki prezidentdan ustun. Bunga ko'na olmadik", — dedi u Catalunya Radio efirida.
Laporta ushbu holat prezidentlik davridagi eng og'riqli voqea bo'lganini ta'kidladi. U, shuningdek, Kuman, Xavi, Pike va boshqalarning ketishi ham ko'ngilni xira qilganini qo'shimcha qildi. Uning aytishicha, Messining shartnomasini uzaytirish varianti ham moliyaviy jihatdan klub uchun ko'tarib bo'lmas darajada qimmatga tushardi.
Eslatib o'tamiz, yaqinda Joan Laporta navbatdagi saylovlarda qatnashish uchun iste'foga chiqqan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!