date

Lennart Karl Bavariyadagi yuksalishi meni hayratlantirmadi dedi

Lennart Karl Bavariyadagi yuksalishi meni hayratlantirmadi dedi

Myunxenning «Bavariya» klubida to'p surayotgan 18 yoshli futbolchi Lennart Karl faoliyatining ilk bosqichida tezda ko'zga tashlangani uni unchalik ham hayratga solmaganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yosh hujumkor yarim himoyachi joriy mavsumda Germaniya grandi safida muntazam maydonga tushib kelmoqda. Karl 22 fevral kuni 18 yoshga to'ldi.

«Ba'zan voqealar rivojiga hayron bo'lgan paytlarim ham bo'ldi, ammo o'zimning bunday darajaga chiqishga qodir ekanimni doim bilardim. Ko'p mehnat qildim. Juda xursandman, lekin, albatta, o'sish uchun joy bor. Oldinda yanada ko'proq gol urib, ko'proq golli uzatmalar berishni, qolgan jihatlarda ham qo'shishni istayman», — deya Karlning Kicker nashriga bergan intervyusidan «Gazeta.Ru» iqtibos keltirdi.

Shanba, 28 fevral kuni «Bavariya» Bundesligada safarda eng yaqin ta'qibchisi — Dortmundning «Borussiya» jamoasiga qarshi bahs o'tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lennart Karl Bavariyadagi yuksalishi meni hayratlantirmadi dedi