date

Fransiyada PSJ yangi transferi Zabarniy tanqidlarga uchradi

Fransiyada PSJ yangi transferi Zabarniy tanqidlarga uchradi

Fransiya matbuoti PSJ safini yangi to‘ldirgan ukrainalik himoyachi Ilya Zabarniyning o‘yinidan qoniqmayapti. Le Figaro jurnalistlari futbolchining ilk chiqishlarini keskin baholab, uni jamoaga barqarorlik bera olmayotganini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Nashrga ko‘ra, Zabarniy maydonga tez-tez tushirilganida himoyada ishonch hissi yetishmaydi: u o‘ziga ishonchsiz, harakatlarda sust ko‘rinadi va to‘p bilan ishlashda ham muammolarga duch kelmoqda. Shuningdek, u yakka kurashlarda va havodagi to‘qnashuvlarda raqiblar ustidan yetarlicha ustunlik qila olmayotgani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Zabarniy 2025 yil yozida Angliyaning «Bornmut» klubidan Parij grandiga ko‘chib o‘tgan. PSJ bu transfer uchun 63 million yevro to‘lagan, futbolchi bilan shartnoma esa 2030 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fransiyada PSJ yangi transferi Zabarniy tanqidlarga uchradi