date

Laporta Messiga Kamp Nouda haykal o‘rnatmoqchi

Laporta Messiga Kamp Nouda haykal o‘rnatmoqchi

«Barselona»ning sobiq prezidenti Joan Laporta klub afsonasi Lionel Messi uchun «Kamp Nou»da haykal qo‘yish g‘oyasini ilgari surdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Laportaning aytishicha, Messi Yoxan Kroyf singari stadion hududida haykalga loyiq. Shuningdek, u argentinalik yulduz uchun tantanali xayrlashuv marosimi ham o‘tkazilishi kerakligini ta’kidladi.

«Leo “Kamp Nou”da haykalga loyiq. U xayrlashuv tadbiriga ham munosib. Biz buni stadion to‘liq yakunlanib, 100 mingdan ortiq muxlisni qabul qila oladigan paytda o‘tkazish to‘g‘ri bo‘ladi, deb hisoblaymiz. Shuni tashkil qilishga umid qilamiz», — dedi Laporta Catalunya Radio efirida.

Mart oyida «Barselona»da prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi. Joan Laporta yaqinda iste’foga chiqib, yana saylovda qatnashish imkonini ochdi.

Ayni paytda «Barselona» Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Laporta Messiga Kamp Nouda haykal o‘rnatmoqchi