Musiala Vinisius ishtirokidagi irqchilik mojarosiga munosabat bildirdi

Myunxenning «Bavariya» klubi yarim himoyachisi Jamal Musiala Chempionlar ligasida «Benfika» va Madridning «Real» jamoalari o‘rtasidagi bahs atrofida yuzaga kelgan shov-shuvli holat haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi yagona gol muallifi bo‘lgan «Real» hujumchisi Vinisius Junior gol urgach, hakamga raqib qanot hujumchisi Janluka Prestiani tomonidan irqchilik ruhidagi haqorat eshitganini aytgan. Epizodda argentinalik futbolchi futbolkasi bilan og‘zini yopib ishora qilgani ham muhokamalarga sabab bo‘ldi, biroq Prestiani ayblovni rad etmoqda.
«Murabbiyimiz bu borada allaqachon muhim fikrlarni aytib o‘tdi. Irqchilik — juda yoqimsiz mavzu. Men Viniga ishonaman, shuning uchun bunday vaziyatda u yolg‘on gapiradi deb o‘ylamayman. U buni yaxshi yengib o‘tdi. Bu masala anchadan beri ko‘tarilib keladi va buni ko‘rish menga yoqmaydi», — deya Musiala so‘zlarini keltiradi Madrid Zone.
Qayd etilishicha, «Real» va «Benfika» o‘rtasidagi javob o‘yini 25-fevral, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!