Rodrigo va Sebalyosning tiklanish muddatlari ma'lum bo'ldi

Madridning “Real” klubi yarimhimoyachisi Dani Sebalyos dam olish kunlari jarohat olib, tibbiy bo'limga murojaat qildi. Klub ichidagi ayrim manbalar 29 yoshli futbolchi qariyb ikki oy safdan chiqishidan xavotir bildirgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Biroq futbolchiga yaqin manbalar Sebalyos maydonga ancha tezroq — taxminan to'rt haftadan so'ng qaytishini ta'kidlamoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
25 yoshli Rodrigo esa tiklanish jarayonida ijobiy qadam tashladi: u qisman umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shila boshladi. Braziliyalik hujumchi 2 mart kuni “Xetafe”ga qarshi o'yinga tayyor bo'lishi kutilmoqda.
Hozirda “Real” Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. “Qirollik klubi” peshqadam “Barselona”dan bir ochko ortda qolgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!