Martines Ronaldo baribir futbol tarixidagi eng buyuk bo'ladi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Krishtianu Ronalduning jahon futbolidagi o'rni haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, Ronaldo jahon chempionatini yutsa ham, yutmasa ham, futbol tarixidagi eng buyuk futbolchi sifatida qoladi. Martinesning bu so'zlari Goal nashri Portugal Football Summit podkastiga tayanib keltirildi.
Eslatib o'tamiz, fevral boshida Krishtianu 41 yoshni qarshiladi. Portugaliyalik hujumchi yuqori jismoniy holatini saqlab turibdi va hozircha faoliyatini yakunlash niyati yo'qligini ko'rsatmoqda. Yozda u navbatdagi jahon chempionatida maydonga tushishi kutilmoqda — bu Ronaldo uchun faoliyatidagi oltinchi mundial bo'ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing