11:01 / 17.03.2017
5 439

Olimpiada-2020 doirasidagi beysbol bellashuvlari Fukusimada o‘tkaziladi

Olimpiada-2020 doirasidagi beysbol bellashuvlari Fukusimada o‘tkaziladi

Xalqaro olimpiya qo‘mitasining Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahridagi ijroiya qo‘mitasi 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlarining beysbol va softbol bo‘yicha musobaqalarini Yaponiyaning Fukusima shahrida o‘tkazishga ruxsat berdi. Bu er 2011 yilgi tabiiy ofat tufayli jiddiy zarar ko‘rgandi, deb yozmoqda Kun nashri.

XOQning qaroriga ko‘ra, musobaqalar “Adzuma” beysbol arenasida bo‘lib o‘tadi. Yaponiya sobiq bosh vaziri va 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi rahbari Yosiro Morining ta’kidlashicha, Tokiodagi O‘yinlar, shuningdek Fukusimadagi musobaqalar butun dunyoga mamlakat va mintaqa 2011 yilgi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etib bo‘lganini ko‘rsatib beradi.

Ma’lumot uchun, "Fukusima-1" AESdagi falokat 2011 yilning mart oyida ro‘y berdi, o‘shanda sunami tufayli stansiyada uchta energiya ta’minoti va sovutish tizimi ishdan chiqdi. Natijada uchta energoblokda yoqilg‘i erib ketib, reaktorlar himoya korpusiga zarar etkazdi. Shu bilan birga, vodorod portlagan hamda radioaktiv moddalarning katta miqdori chiqarib tashlangan – natijada stansiyaga yaqin hudud jiddiy darajada ifloslandi. Ayni damda AESda oqibatlarni bartaraf etish, jabrlangan hududlarni radioaktiv qoldiqlardan xoli qilish (tozalash) ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq XOQ Tokioda 2020 yilda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlari dasturiga karate, syorfing, beysbol/softbol, qoyalarga chiqish sporti va skeytbording turlarini kiritgandi. Taxminlarga ko‘ra, bu sport turlari Olimpiada medallar dasturini 18 komplektga ko‘paytiradi, ular uchun 474 sportchi kurash olib boradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Olimpiada-2020 doirasidagi beysbol bellashuvlari Fukusimada o‘tkaziladi