UEFA Chempionlar ligasi pley-offiga hakamlarni eʼlon qildi

UEFA Chempionlar ligasi pley-offiga hakamlarni eʼlon qildi

UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichining javob uchrashuvlari uchun hakamlar brigadalarini tasdiqladi. Tayinlovlar tashkilotning rasmiy saytida eʼlon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Javob o‘yinlarida quyidagi hakamlar ishlaydi: «Atletiko» – «Bryugge» uchrashuvini fransuz Kleman Tyurpen boshqaradi. «Bayer» – «Olimpiakos» bahsida ingliz Maykl Oliver ishlaydi. «Inter» – «Bude-Glimt» o‘yiniga ispaniyalik Alehandro Ernandes Ernandes tayinlandi. «Nyukasl» – «Karabax» to‘qnashuvida italiyalik Davide Massa maydonga chiqadi. «Atalanta» – «Borussiya» Dortmund uchrashuvini ispaniyalik Xose Mariya Sanches boshqaradi. «PSJ» – «Monako» o‘yinida ruminiyalik Ishtvan Kovach ishlaydi. «Yuventus» – «Galatasaroy» bahsiga portugaliyalik Joau Pinheyru tayinlandi. «Real» Madrid – «Benfika» uchrashuvini esa sloveniyalik Slavko Vinchich boshqaradi.

Uchrashuvlar 24 va 25 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar