Kavani muxlislar nishonida, Boca Juniorsdagi kelajagi mavhum

Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani “Boka Xuniors”ni tark etishi mumkin. Gap uning shaxsiy xohishida emas — klub ichidagi vaziyat va muxlislarning noroziligi futbolchini “majburiy ravishda” eshik tomonga yaqinlashtirmoqda. So‘nggi o‘yinlarda Kavanining harakatlari tribunalarni qoniqtirmayapti va u tobora ko‘proq hushtakbozlikka uchramoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Oxirgi bor bu holat futbolchi almashtirilgan paytda kuzatildi: “Matador” maydonni tark etar ekan, muxlislarning keskin hushtaklari ostida yo‘lakka yo‘l oldi. Biroq o‘zgarish natija bermadi — “Boka” “Platense”ga gol ura olmadi va uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi.
Endi argentinalik jurnalistlar Kavanining shartnomasi uzaytirilishiga juda ehtiyotkor baho bermoqda. Ustiga ustak, klub pargvaylik Adam Bareyroni transfer qildi va ko‘plar aynan u 39 yoshli tajribali hujumchini asosiy tarkibdan siqib chiqarishini kutmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!