date

Dimarko Inter uchun avvalo gol urish muhimligini aytdi

Dimarko Inter uchun avvalo gol urish muhimligini aytdi

Milanning «Inter» klubi himoyachisi Federiko Dimarko Yevropa Chempionlar Ligasi doirasida Norvegiyaning «Bude-Glimt» jamoasiga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida qatnashdi. Javob bahsi 23 fevral kuni bo‘lib o‘tadi, ilk o‘yinda esa «neradzurrilar» 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Dimarkoning ta’kidlashicha, jamoa ikki to‘p farqi bilan ortda borayotgani sababli, raqibning qarshi hujumlariga alohida e’tibor qaratishi shart. U «Bude-Glimt»ning bu mavsum Chempionlar Ligasida tezkor o‘tishlarda juda xavfli bo‘lganini eslatib o‘tdi.

Himoyachi fikricha, «Inter» uchun birinchi vazifa — imkon qadar tezroq gol urib, hisobni qisqartirish. Shundan keyin o‘yin qanday kechishiga qarab keyingi rejalar tuziladi.

Qayd etilishicha, Dimarko joriy mavsumda 6 ta gol urib, 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dimarko Inter uchun avvalo gol urish muhimligini aytdi