Fonseka Trampni tanqid qildi va mundialni AQSHda o'tkazmaslikni aytdi

Fonseka Trampni tanqid qildi va mundialni AQSHda o'tkazmaslikni aytdi

Donetskning “Shaxtyor”i hamda “Milan”ning sobiq bosh murabbiyi Paulu Fonseka yana siyosiy mavzudagi bayonoti bilan e’tiborga tushdi. U futbol bo'yicha jahon chempionatini AQSHda o'tkazishga qarshi ekanini bildirib, bu borada keskin fikrlar aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fonseka so'zlariga ko'ra, AQSH prezidenti Donald Trampning yondashuvi avvalo o'z manfaatlarini ilgari surishdan iborat. “U odamlar haqida o'ylamaydi, u faqat pulni o'ylaydi. Futbolni chin dildan sevuvchi muxlislar va unga sodiq insonlar boshqa joyda raqobatlashishi kerak, AQSHda emas”, — deya uning fikrlarini derbyderbyderby.it keltirdi.

Eslatib o'tamiz, mundial 11 iyun kuni start oladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar