Noyer kutilmaganda Borussiya bilan o‘yinga qaytishi mumkin

Fevral o‘rtalarida «Bavariya»ning asosiy darvozaboni Manuel Noyer jarohat olib, taxminan uch haftaga safdan chiqqani aytilgandi. Biroq holat ijobiy tomonga o‘zgarmoqda va u rejalashtirilganidan tezroq maydonga qaytishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bild xabariga ko‘ra, dushanba kuni Noyer darvozabonlar murabbiyi hamda reabilitatsiya bo‘yicha mutaxassis bilan birga maydonda mashg‘ulot o‘tkazdi. U hozircha murakkab yuklamalarni bajarmagan, ammo to‘p bilan ishlagani tiklanish jarayoni jadallashayotganidan darak beradi.
Germaniyada Noyer Dortmundning «Borussiya»siga qarshi uchrashuvdayoq sensatsion tarzda maydonga tushishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar yuribdi. Jamoalar 28-fevral, shanba kuni o‘zaro to‘qnash keladi.
Ayni paytda «Bavariya» Bundesligada peshqadam, ikkinchi o‘rindagi «Borussiya» esa undan sakkiz ochkoga ortda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!