Atletiko Antuan Grizmannni yo'qotib qo'yishi mumkin

Madridning «Atletiko» klubida to'p surayotgan 34 yoshli fransuz hujumchisi Antuan Grizmann faoliyatini Yevropadan tashqarida davom ettirishi ehtimoli bor. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, futbolchida MLSdan bir nechta takliflar mavjud. Grizmann uchun asosiy da'vogar sifatida «Orlando» klubi tilga olinmoqda. Fransuz futbolchining bozor narxi 11 million yevroga baholanmoqda, uning «matraschilar» bilan amaldagi shartnomasi esa 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.
Joriy mavsum Ispaniya chempionatida Grizmann 22 uchrashuvda maydonga tushdi va 6 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing