date

Flik Barselonada kechikkan futbolchilarni jarimaga tortadi

Flik Barselonada kechikkan futbolchilarni jarimaga tortadi

Kataloniyaning «Barselona» jamoasi bosh murabbiyi Hans-Diter Flik intizomni kuchaytirdi: endi jamoada kechikishlar uchun jarimalar tizimi joriy etildi. Bu haqda ispaniyalik jurnalistlar bilan suhbatda «ko'k-anorranglilar» hujumchisi Ferran Torres ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qoidaga ko'ra, uchrashuv kuni kechikkan futbolchiga 40 ming yevro miqdorida jarima qo'llanadi. Shuningdek, mashg'ulotlar va jamoaviy yig'ilishlarga kechikishlar ham moliyaviy sanksiyalar bilan jazolanadi.

61 yoshli nemis mutaxassisi «Barselona»ni 2024 yil yozidan buyon boshqarib kelmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.

La Liganing 25-turidan so'ng «Barselona» 61 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik Barselonada kechikkan futbolchilarni jarimaga tortadi