Flik Pedrining qaytishi Barselonani inqirozdan chiqaradi deb biladi

«Barselona» so‘nggi haftalarda o‘yinida pasayish kuzatdi: jamoa bir nechta og‘riqli mag‘lubiyatlarni boshdan kechirdi. Shunga qaramay, «ko‘k-anorranglilar» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik bu holat tez orada ortda qolishiga ishonmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko‘ra, Flik pasayishdan chiqishda yarimhimoyachi Pedrining maydonga to‘liq qaytishini hal qiluvchi omil deb hisoblaydi. Mutaxassis Pedrini jamoaga muvozanat beradigan va tarkibni birlashtiradigan asosiy futbolchi sifatida ko‘rmoqda.
Ma’lumki, jarohat sabab Pedri qariyb bir oy safdan chiqqandi. Dam olish kunlari u «Levante»ga qarshi uchrashuvda zaxiradan maydonga tushib, taxminan bir taymga yaqin vaqt o‘ynadi.
Hozirda «Barselona» Ispaniya chempionati jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi va ikkinchi o‘rindagi «Real»dan bir ochko oldinda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!