date

Arbeloa Mbappe gollari bo'yicha muammo ko'rmayapti

Arbeloa Mbappe gollari bo'yicha muammo ko'rmayapti

“Real” hujumchisi Kilian Mbappe jamoasining so'nggi ikki uchrashuvida gol ura olmadi. Biroq madridliklar bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa bu holatni muammo deb hisoblamayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Matbuot anjumanida Arbeloa Mbappening maydondagi qarorlari aniq va puxta ekanini ta'kidladi. Uning aytishicha, fransuz futbolchi qayerga va qachon harakatlanishni yaxshi biladi, jarima maydonida ham, undan tashqarida ham samarali o'ynay oladi. Murabbiy Mbappening maydondagi tushunchasi va umumiy statistikasini bu fikrga dalil sifatida keltirdi.

“Real” navbatdagi o'yinini 25 fevral kuni o'z maydonida Chempionlar ligasida “Benfika”ga qarshi o'tkazadi. Dastlabki bahsda “qaymoqranglilar” 1:0 hisobida g'alaba qozongan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arbeloa Mbappe gollari bo'yicha muammo ko'rmayapti