Arbeloa Mbappening holati va tayyorgarligi haqida gapirdi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa hujumchi Kilian Mbappening jismoniy holati yuzasidan izoh berdi. Ma'lum qilinishicha, fransuz futbolchi yil boshidan beri tizzasida noqulaylik sezib kelmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Arbeloa jurnalistlar bilan suhbatda Mbappe ertangi uchrashuvda maydonga tushishga tayyorligini ta'kidladi. Uning aytishicha, so'nggi haftalarda futbolchi juda faol ishlagan, mehnatkashligi va jamoaga sodiqligini amalda ko'rsatgan. Murabbiy Mbappeni o'yin taqdirini bir lahzada o'zgartira oladigan futbolchi sifatida baholab, himoyachilar uning istalgan paytda hal qiluvchi epizod yaratishidan xabardor ekanini qayd etdi.
«Real» 25-fevral kuni «Benfika»ni qabul qiladi. Dastlabki o'yinda Arbeloa shogirdlari Lissabonda 1:0 hisobida zafar quchgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!